logo
Ulgurji vitrina

Документация для партнеров

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlash uchun talablar

TURBO MARKET platformasida ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlash uchun sotuvchi o‘z kompaniyasi haqidagi ma’lumotlarni quyidagi formatda taqdim etishi kerak:
1
Photo not found

Tashkiliy-huquqiy shakli

(MChJ; QK; AJ; XK; YaTT va boshqalar) - "Misol" MChJ
2
Photo not found

Rahbarning F.I.O.:

Vasiliy Ivan Mixaylovich
3
Photo not found

STIR:

324 800 009
4
Photo not found

Vakilning telefoni:

+998909999009
5
Photo not found

MFO:

00412
6
Photo not found

Barcha mavjud valyutalardagi bank hisob raqamlari

(USD, RUB, UZS, GBP, EUR)

Marketpleysda sotilishi taqiqlangan mahsulotlar

Marketpleys sotuvchilarga o‘z tovarlari va xizmatlarini oferta shartnomasi doirasida sotish imkoniyatini taqdim etadi. Biroq marketpleys realizatsiya qilinayotgan tovarlar va xizmatlar ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. Marketpleys tovar yoki xizmat joylashtirilayotgan mamlakatning amaldagi qonunchiligi hamda marketpleysning ichki reglamentiga asoslanib, taqiqlangan tovarlar va xizmatlar ro‘yxatini mustaqil ravishda belgilaydi. Marketpleysning ichki reglamentiga ko‘ra quyidagi tovarlar va xizmatlarni sotish taqiqlanadi:

Giyohvand moddalar, narkotik vositalar va tarkibida narkotik moddalar mavjud bo‘lgan preparatlar.

Qurol-yarog‘lar, ular uchun o‘q-dorilar, portlovchi moddalar, portlatish vositalari va porox.

Odam savdosi, inson tana a’zolari savdosi va fohishalik xizmatlari.

Ekstremistik adabiyotlar va ularning ramzlarini sotish, shuningdek ekstremizm va zo‘ravonlikni targ‘ib qilish.

Erotik va pornografik mazmundagi mahsulotlar.

Zaharli moddalar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, shuningdek ularning prekursorlari.

Zaharli materiallardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar.

Ma’lumotlarni yashirin tarzda olish uchun mo‘ljallangan maxsus va boshqa texnik vositalar.

Muzey eksponatlari va muzey kolleksiyalari.

Noqonuniy ovchilik (brakonerlik) natijasida olingan mahsulotlar.

Marketpleys kelib chiqishi, xususiyatlari va maqsadi marketpleysdan yashirilgan hamda platforma orqali sotilgan tovarlar uchun javobgar emas.